TIGblogs TIG | TIGblogs مدونة  المجموعة تسجيل الدخول الاشتراك كعضو جديد
Qiziqarli ma'lumotlar
Qiziqarli ma'lumotlar
« 5 سابق


"Shuba" so'zi qaysi so'zdan kelib chiqqanini bilasizmi?
Translations متوفر في: الروسية (الأصل) | الروسية

1. Hindistonda fillarga alla aytadigan mutaxassislar faoliyat yuritadi. Ularning e'tiroficha, bu juda mas'uliyatli va og’ir kasb. Jaxli chiqqan filni tinchlantirish har kimning ham qo’lidan kelavermaydi-da!

2. Qadimshunos olimlarning aytishiga karaganda, to’ka va tugmacha 22 ming, jundan to’qilgan jiyak 20 ming, kamzul va bosh kiyimi esa 15 ming yil burun kashf qilingan.

3. Paxtadan kiyim-kechak tikish dastlab Pokistonda taxminan 6500 yil burun boshlangan. Ipak matodan foydalanishni esa birinchi bo’lib xitoyliklar miloddan oldingi 3 mingyillikda yo’lga qo’yganlar. Ma'lumotlarga ko’ra, ajdodlarimiz haivon junini yigirish usulini bundan 5500 yil muk,addam kashf qilishgan ekan.

4. Kiyim-kechaklarni turli ranglarga bo’yash ilk marotaba 4400 yil ilgari Misrda qo’llanilgan.

5. Eng qadimgi bir juft paypok, Suriya hududidan topilgan. U taxminan miloddan oldingi 256 yilga taallukdi.

6. Shuba - arabcha «jubba» so’zidan kelib chiqqan.

7. Ilgari sarafan erkaklar libosi hisoblangan.

8. Cho’ntak XVI asrning ikkinchi yarmiga kelib o’ylab topilgan. Ungacha esa odamlar pullarini kichik xaltachaga solib, kamarga osib yurishgan. Bunday hamyonlarni egasiga bildirmay shilib ketish juda oson edi. 1585 yildan tikuvchilar kiyimning o’ziga cho’ntaklarni tika boshladilar.

9. Uxlaganda kiyiladigan pijama Yevropaga XIX asrda Xindistondan kirib kelgan. Uning asl vatani esa - Eron.

10. Charm kamzullar XX asr boshlariga kelibgina uchuvchilarning sharofati bilan moda tusiga kirdi. Ungacha charmni faqat harbiylar va jallodlar kiyishgan.

December 27, 2006 | 2:21 AM تعليقات  0 تعليقات

البطاقات:


Ninachilar zaminimizda 350 million yil avval paydo bo’lgan ekan!

1. Sor bir yarim kilometrdan o’ljasini ko’ra oladi.

2. O’laksaxo’r qushlar hid bilmaydi.

3. Yovvoyi o’rdak suv ostida ham baliqni ta'qib qila oladi.

4. Gagaralarning biri bolasini yelkasida olib suzsa, ikkinchi jufti unga yemak izlaydi.

5. Ugandaning Teroro degan maskanida bir yilda 300 martacha chaqmoq chaqadi.

6. Ko’rshapalaklar 60 million yil muqaddam paydo bo’lgan. Ularning turi ko’p va o’ziga xos. Masalan, Texas ko’rshapalagi ko’payish uchun ming kilometr masofadan uchib o’tib, Meksikadan Amerikaga keladi.

7. Asalarixo’r kurkanak o’ljasini tutgach, orqa tomonini daraxt shoxiga ishqab nishini olib tashlaydi.

8. Ninachilar zaminimizda 350 million yil avval paydo bo’lgan.

9. Avstraliya kaltakesagi xavf tug’ilganida insonga o’xshab ikki oyoqda juftakni rostlaydi.

10. Tinch okeani orollarida kogo deb nomlangan qush bor. U mutlaqo uchmaydi. Yangi Zelandiyada uchraydigan, o’z o’ljasini hididan topadigan kivi degan qush ham parvoz qilolmaydi.

December 27, 2006 | 2:19 AM تعليقات  0 تعليقات

البطاقات:


Aysberglarning rangi oq, ko’k, yashil va hattoki qora bo’lishi mumkin!

1. Qadimda momolarimiz go’shtni tuzlab, salqin joyda quritishgan. So’ng go’shtni omborxonalarda yog’ga solib yoki unga qo’shib saqlashgan.

2. Eng uzun ishqiy maktub fransuz rassomi Marsel de Leklyuf tomonidan yozilgan. Mazkur nomada "Men seni sevaman" jumlasi 1875 marta qayd etilgan.

3. Fashistlar Germaniyasiga tegishli konslagerlarda hibsda yotgan mahbus o’z joniga qasd qilmoqchi bo’lsa, uni o’limga hukm etishgan.

4. Aysberglarning rangi oq, ko’k, yashil, qora bo’lishi mumkin.

5. Fransuz yozuvchisi Jyul Vernning kitoblari nomlanishida 5,15, 80, 25000 va hatto, 500 million raqamlari uchraydi.

6. Rimda roppa-rosa 112 yoshmda qazo qilgan qariyaning qabr toshiga "U me'yorida yeb-ichardi" degan so’zlar bitilgan.

7. Rimning birinchi imperatori Gay Yuliy Sezar Talliya urushi haqida xotiralar", "Fuqarolar urushi haqida xotiralar" asarlarining muallifi ham bo’lgan.

8. 1941 yilning 19 dekabrida 15 yoshli ingliz malikasi Yelizaveta inglmz askarlari uchun sahnalashtirilgan "Kuloyim" spektaklida bosh rolni ijro etgan edi.

9. Ingliz qirolichasi Yelizaveta II tennisni yoqtirmaydi. Lekin tennis bo’yicha Uimbldon turniri g’olibiga mukofotni topshirishga majbur.

10. Shifoxonalardagi o’lim holatlarining aksariyati kech soat 16-18 atroflariga to’g’ri keladi.

December 18, 2006 | 4:24 AM تعليقات  0 تعليقات

البطاقات:


Har kuni o'zi ishlayotgan tashkilot madhiyasinini kuylash!

1. Suaxili tili portugal, arab va afrikalik qabilalar tillari qorishmasidan hosil bo’lgan.

2. Dunyodagi tillarning aksariyatida "ona" so’zi “m" harfi bilan boshlanadi.

3. Xitoy tilida "L" va "R" tovushlari farqlanmaydi.

4. Yaponiyaliklar xar kuni ishga kelgach, o’zlari xizmat qilayotgan tashkilot madhiyasini kuylashi shart.

5. Ma'lumki, har bir shifokor o’z kasbiga doir lisenziya olishdan oldin Gippokrat qasamini ichishi lozim. Bu - ramziy an'ana. Faqat Isroil shifokorlari bundan mustasno. Chunki Gippokrat qonuni ma'jusiy ilohpar sharafiga o’qiladi: «Shifo beruvchi Apollon, Gikiya va Panaseya, Asklepiy va Gekaga sharafiga qasam ichamanki...» Bu esa yahudiylik dinining eng asosiy qoidalariga qarshi kechirilmas gunoh sanalar ekan!

6. 1965 yili AQShda tashxil topgan «xalqaro taqirboshlar uyushmasi»ga a'zo bo’layotganlar o’ng qo’lini bilyard shariga qo’ygan holda qasamyod qabul qilishgan. «Soch turmagimni hech qachon o’zgartirmaslikka tantanali ravishda ont ichaman!» deb!

7. Fransiyaning Fonten-de-Voklyuze shaharchasida qatllar muzeyi bor. Uning asoschisi 13 yil davomida Jazoirda jallod bo’lib xizmat qilgan. Qatllar muzeyida turli xalqlarning qatl qilish asbob-uskunalaridan tortib ulkan gilotinagacha saqlanadi.

8. Amsterdam yaqinida esa aklan nosog’lom ijodkorlarning san'at asarlari saqlanadigan muzey mavjud.

9. Pragada qiynoqlar muzeyi faoliyat ko’rsatadi. Unda o’rta asr inkvizisiya sudi (katolik cherkovi tomonidan o’tkazilgan shafqatsiz sudlar)ning jallodlari ishlatgan jamiki qiynoqqa solish qurollari saqlanadi.

10. Buyuk Britaniya qonunchiligiga ko’ra, mamlakat qirolichasining avtomobilida davlat raqami bo’lishi shart emas.

December 18, 2006 | 4:20 AM تعليقات  0 تعليقات

البطاقات:


Delfinlar va bo’rilar bir ko’zi ochiq holda uhlaydi!

1. Anna Burgundskaya javohir toshli nikoh uzugiga ega bo’lgan birinchi ayoldir. Bu uzukni unga 1477 yilda Germaniya qiroli Maksimilian I sovg’a qilgan.

2. Eng uzun va katta sarlavha I.Vaysmingerning 1726 yilda chop etmlgan "Keskin faktlar" asarida ishlatilgan: 618 sahifaning 470 tasi sarlavhadan iborat.

3. Rossiya imperatori Pyotr I ning bo’yi 213 sm. edi.

4. Serblar alifbosi vukovisa deb atalsa, vikinglarniki futark deb nomlanadi.

5. "Santa-Mariya", "Ninya", "Penta" nomli kemalardan iborat Xristofor Kolumb eskadrasi 1492 yil 12 oktabr kuni Amerika zaminiga qadam qo’ygandi.

6. Aleksandr Makedonskiy onasining ismi Olnmpiada bo’lgan.

7. MDHdagi eng yirik orol Saxalin hisoblanadi. Shunisi qiziqki, XIX asrgacha u yarimorol deb hisoblanib kelingan.

8. Delfinlar va bo’rilar bir ko’zi ochiq holda uhlaydi.

9. Pashshada 19 ta, olmaxonda 22 ta, quyonda 28 ta, bo’rida 42 ta, kitda 60 ta, chig’anoqlarda 14000 ga yaqin tish bo’ladi. Chumolida esa tish umuman yo’q.

10. Ayrim kapalaklarning sayohatlari qitalararo bo’larkan. Ya'ni, ular okeanni kesib o’tishadi.

December 11, 2006 | 3:16 AM تعليقات  0 تعليقات

البطاقات:


« السابق 5


ملف Shamsiddinov Azizbek الشخصي


آخر المشاركات
"Shuba" so'zi qaysi...
Ninachilar zaminimizda...
Aysberglarning rangi...
Har kuni o'zi...
Delfinlar va...

الأرشيف الشهري
يونيو 2006
يوليو 2006
أغسطس 2006
سبتمبر 2006
أكتوبر 2006
نـوفمبر 2006
ديسمبر 2006

تغيير اللغة



31773 views
إخلاء مسئولية هام